Nima uchun derazalar terlaydi?

Почему потеют окна?

1. Yupqa oynapaket – hatto siz isitish asboblari yordamida uyni isitib, derazalar orqali bo‘ladigan issiqlik yo‘qotishning o‘rnini to‘ldirsangiz ham, kondensat paydo bo‘lishining oldini ololmaysiz. Besh kamerali profil va 40 mm qalinlikdagi energiya tejovchi i-oynali oynapaket uyingizdagi issiqlikni oddiy derazalarga qaraganda 69% ko‘proq saqlaydi.

2. Yomon ventilyatsiya – Yopiq plastik derazalar xonaga havo kirishini cheklab qo‘yadi, shu sababli xonani shamollatib turish zarur. Bu nafaqat derazalarda kondensat paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi, balki yana sog‘likka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

3. Deraza tokchasining noto‘g‘ri joylashishi – Bevosita batareya ustida joylashgan deraza tokchasi ham kondensat paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. U xonada issiq havoning ventilyatsiyasini kamaytiradi, shu sababli deraza yonidagi va xonadagi havo harorati o‘rtasida farq paydo bo‘ladi.

4. Deraza oldidagi gullar – O‘simliklar namlik chiqaradi, u keyinchalik derazalarga o‘tiradi va kondensat hosil bo‘lishiga olib keladi.

01 Oct 2019